Sinov yoʻsinida ishlamoqda

O‘zni, ko‘ngul, aysh ila tutmoq kerak ...

O‘zni, ko‘ngul, aysh ila tutmoq kerak,

Bizni unutqonni unutmoq kerak.

 

Аyshu tarab gulbunig‘a suv berib,

G‘ussa niholini qurutmoq kerak.

 

Har nimag‘a g‘am yema, g‘am ko‘p turur,

Аysh bila o‘zni ovutmoq kerak.

 

Tiyradurur zuhd damidin ko‘ngul,

Ishq o‘ti birla yorutmoq kerak.

 

Qo‘yma mashaqqat aro, Bobur, ko‘ngul,

O‘zni farog‘at bila tutmoq kerak.

O‘zni, ko‘ngul, aysh ila tutmoq kerak ...