Sinov yoʻsinida ishlamoqda

Yog‘lig‘ingkim, jon bila men xastadurmen, zor anga ...

Yog‘lig‘ingkim, jon bila men xastadurmen, zor anga,

Xasta jonlar rishtasidindur magar har tor anga.


Evrulur boshingg‘au gohi yuzunga yuz qo‘yar,

Bu jihatdin ot emish «gulpech»u gah «gulzor» anga.


Bir chamandur sahnikim, bo‘lg‘ay binafsha sarbasar,

Tegrasi gulzordurkim, bo‘lmag‘ay bir xor6 anga.


Yog‘lig‘ing tokim yuzu ko‘zungga tegmish, bordurur

Yuz meningdek zoru yuz ming men kibi bemor anga.


Ey ko‘ngul, yuz pora qilsa yor tig‘i, g‘am yema,

Lutf etib, gar bog‘lar o‘lsa yog‘lig‘ini yor anga.


Ko‘nglum istar yog‘lig‘ingni, balki andin bir nasim –

Yetsa Boburg‘a, erur jon birla minnatdor anga.

Yog‘lig‘ingkim, jon bila men xastadurmen, zor anga ...