Sinov yoʻsinida ishlamoqda

Sening ishqingda, ey nomehrubon, bexonumon bo‘ldum ...

Sening ishqingda, ey nomehrubon, bexonumon bo‘ldum,

Demon bexonumon, ovvorai ikki jahon bo‘ldum.

 

Labing gar bermasa bo‘sa, nechuk jon elta olg‘ayman,

Bu yo‘ldakim adam sahrosig‘a emdi ravon bo‘ldum.

 

So‘rub ul oy labidin, og‘zining ramzini angladim,

Bir og‘iz so‘z bila ko‘rungki muncha xurdadon bo‘ldum.

 

Nechakim qoshi yolar ishqida tuzlukni ko‘rsattim,

Vale oxir malomat o‘qlarig‘a-o‘q nishon bo‘ldum.

 

Kular erdim burun Farhodi miskin dostonig‘a,

Bu Shirindurki oning birla-o‘q hamdoston bo‘ldum.

 

Visoling davlatig‘a yetmasam Bobur kibi, ne tong,

Ki hajring mehnatida asru zoru notavon bo‘ldum.

Sening ishqingda, ey nomehrubon, bexonumon bo‘ldum ...