Sinov yoʻsinida ishlamoqda
Oyog‘in o‘psam, yetishgay arsh toqig‘a boshim,
Dast bergay davlatim, gar tutsa ilgim mahvashim.
Qo‘ymog‘umdur etaging ketsam ilikdin har necha,
Bormog‘umdur ostoningdin agar borsa boshim.
O‘tti el bo‘lmoqdin ul yosh, men qarig‘um ishqida,
O‘lganim yaxshi bu nav’ ar o‘tsa ellikdin yoshim.
Do‘stlar, ko‘nglumdagin qabrim toshig‘a yozg‘asiz,
Toki birdek bo‘lg‘ay ul oy ishqida ichim, toshim.
Yor iti, qichqirma gar Bobur desa holin sanga,
Naylayin, bu g‘urbat ichra sendin o‘zga yo‘q kishim.