Sinov yoʻsinida ishlamoqda

Ne xush bo‘lg‘ayki, bir kun uyquluq baxtimni uyg‘otsam ...

Ne xush bo‘lg‘ayki, bir kun uyquluq baxtimni uyg‘otsam,

Kechalar tori mo‘yidek beliga chirmashib yotsam.

 

Gahi guldek yuzini ul shakar so‘zlukning islasam,

Gahi shakkar kibi ul yuzi gulning la’lidin totsam.

 

Qani Shirin bila Layliki, sendin noz o‘rgansa,

Qani Farhodu Majnunkim, alarg‘a ishq o‘rgatsam.

 

Yoruq kunduz, qorong‘u kechada anjum kibi bo‘lg‘ay,

Chekib gar oh dudini, ko‘ngul o‘tini butratsam.

 

Ko‘zum ravshanlig‘ida bo‘lg‘ay, ey Bobur, base kamliq,

Аgar qoshi bila yuzin hilolu kunga o‘xshatsam.

Ne xush bo‘lg‘ayki, bir kun uyquluq baxtimni uyg‘otsam ...