Sinov yoʻsinida ishlamoqda
Hajr aro ishrat ayog‘in bormu no‘sh aylar chog‘im,
Sensizni yurub ayoq ichkuncha sinsun oyog‘im!
Ishq bemorimenu sen husnunga mag‘ruru mast,
Men nechun bormay o‘zumdinkim, dame yo‘qtur sog‘im.
Dog‘lar qo‘ydum diramlar kibi ko‘ksumni yorib,
Ne osig‘kim, yorg‘a tushmas qabul ul yormog‘im.
Dast bermas vaslu kelmas yoru rahm etmas, ne sud?
Bormog‘im bo‘g‘zumg‘a eltib, bormog‘im yolbormog‘im.
Istaram, ey ishq, mendin qolmag‘ay nomu nishon,
Tufroq et jismimni, dog‘i yelga bergil tufrog‘im!
Ko‘zlarimdin borg‘ali yoshim tanim bo‘ldi nizor,
Bilmadim, ul yosh ekandur, Boburo, mening yog‘im.