Sinov yoʻsinida ishlamoqda

Yana ko‘z uyida ma’vo qilibsen ...

Yana ko‘z uyida ma’vo qilibsen,

Ko‘ngul koshonasida jo qilibsen.

 

Yana savdoi zulfungdin, nigoro,

Meni oshuftavu shaydo qilibsen.

 

G‘aming yo‘q jon agar bersam g‘amingda,

O‘zungni muncha beparvo qilibsen.

 

Qoshingdin meni o‘qdek tashlar uchun,

Yangi oydek qoshingni yo qilibsen.

 

Ko‘zumdin yoshunub, ey bahri altof,

Ko‘zumning yoshini daryo qilibsen.

 

Sog‘inmas jannatul-ma’voni, Bobur,

Аning ko‘nglida to ma’vo qilibsen.

Yana ko‘z uyida ma’vo qilibsen ...