Sinov yoʻsinida ishlamoqda
Takalluf har necha suratta bo‘lsa, ondin ortuqsen,
Seni jon derlar, ammo betakalluf jondin ortuqsen.
Parining husn ichra garchi oti benihoyattur,
Meni devona qoshimda va lekin ondin ortuqsen.
Pari bu husn birla ko‘rsa yuzungni, bo‘lur telba,
Seni ta’rif etar, lekin sifat qilg‘ondin ortuqsen.
Qadam ranjida qil ko‘nglum uchun, ey yorning o‘qi,
Mening bu notavon ko‘nglumga chun darmondin ortuqsen.
Iqomat chunki qilding, Boburo, ul hur ko‘yida,
Maqoming Ravzadin avlo, o‘zung Rizvondin ortuqsen.