Sinov yoʻsinida ishlamoqda
Ishq elining ohidin ul sarv qad xam bo‘lmasun,
G‘am yelidin ul muanbar zulf darham bo‘lmasun.
Dahri dundin tegmasun ozor nozik jisminga,
Dahr ahlidin muborak ko‘nglungga g‘am bo‘lmasun.
Ko‘p jafou javr ko‘rduk, ey quyosh, hajring kuni,
Boshimizdin soyai sarvi qading kam bo‘lmasun!
Olam ahli birla olamdin manga sensen g‘araz,
Zoti poking bo‘lmasa, olamda odam bo‘lmasun.
Gar havodorim erursan, ey sabo, arz aylakim,
Ul yuzi gul sarv har xas birla hamdam bo‘lmasun.
Garchi oshiq lozimi olamda rasvoliqdurur,
Ishq aro Bobur kibi rasvoi olam bo‘lmasun!