Sinov yoʻsinida ishlamoqda

Eshigingg‘a bosh urarmen telbalar yanglig‘ yurub ...

Eshigingg‘a bosh urarmen telbalar yanglig‘ yurub,

Ey pari, yo‘l ber visolingg‘aki, ketmay bosh urub.

 

Sarv qadding borida o‘z qaddini chun qildi vasf,

O‘tqa yoqti bog‘bon sarvi sihisin sindurub.

 

O‘lturub erdi, qo‘pub ketmakka chun azm ayladi,

Yona tirguzdi meni, Alhamdulillah, o‘lturub.

 

Topshurub erdim ko‘ngulni yorg‘a, chun bordi yor,

Hamdam ettim xasta ko‘nglumni Xudog‘a topshurub.

 

Ko‘zlari sayd aylar uchun telba ko‘nglumni mening –

Qoshi yosini qurub, kirpik o‘qini to‘ldurub.

 

To sabo zulfini ul gulning parishon ayladi,

Jon bila aqlu ko‘ngulni yelga berdim sovurub.

 

Bo‘ynuma zanjiri g‘am, yo bo‘g‘zuma tig‘i sitam,

Har ne kelsa ishq yo‘lida turubmen telmurub.

 

Men bilurmen ko‘zi qotil, la’li jonbaxsh erkanin,

Chunki, Bobur, hajrida ko‘p yig‘ladim og‘zim qurub.


Eshigingg‘a bosh urarmen telbalar yanglig‘ yurub ...