Sinov yoʻsinida ishlamoqda
Quyoshim har sorig‘a azm kilsa, zarraye qolmon,
Ne uchunkim, agar ayrilsam andin kun ko‘ra olmon.
Aningdek bo‘lmisham hayron quyosh yanglig‘ yuzunggakim,
Quyoshdek nayzalar tegsa ko‘zumga, ko‘z ola olmon.
Agarchi yor ishqi notavon ko‘nglumg‘a o‘t soldi,
Vale, men notavon ul yor ishqida ko‘ngul solmon.
Ibodat vaqti bo‘lsa, har necha mehrob o‘trumda,
Qoshin naqshin tasavvur qilmag‘uncha yerga bosh cholmon.
Iroqu Fors gar yetsa sening bu she’ring, ey Bobur,
Ani hifz etgusi Hofiz, musallam tutqusi Salmon.