Sinov yoʻsinida ishlamoqda

Shoxi gulu nastaran yod berur bo‘yidin ...

Shoxi gulu nastaran yod berur bo‘yidin,

Аtrni mushki Xo‘tan kasb qilur mo‘yidin.

 

Gul – yuzidin munfail, sarv – qaddidin xijil,

Rang olur muttasil lola-yu gul ro‘yidin.

 

Jong‘a qilur yuz sitam, ko‘ngluma yuz oncha ham,

Ko‘z oqizur jo‘yi g‘am sho‘xi balo jo‘yidin.

 

Ravzag‘a gar yetgamen, onsiz ani netgamen?

Mumkin emas ketgamen ul qaro ko‘z ko‘yidin.

 

Garchi qilur yuz karam, vasli etar muhtaram,

Lek, base qo‘rqaram, Bobur, oning xo‘yidin.

Shoxi gulu nastaran yod berur bo‘yidin ...