Sinov yoʻsinida ishlamoqda
G‘ofil o‘lma, ey soqiy, gul chog‘in g‘animat tut,
Vaqti aysh emas boqiy, ol chog‘ir, ketur, bat tut!
Bu nasihatim tingla: ne bo‘lur kishi yongla,
Ne bo‘lur ekin tongla, sen bu kun g‘animat tut!
G‘ofil o‘lma davlatta, o‘zni solma mehnatta,
Tangri berur albatta, davlat ista, himmat tut!
Xushturur visoli yor, anda bo‘lmasa dayyor,
Bo‘lsa vasl beag‘yor davlatu saodat tut!
G‘am cheriki behaddur, chorasi budur, Bobur,
Bodani ko‘mak keltur, jomni himoyat tut!