Sinov yoʻsinida ishlamoqda
Kelki, sensiz tobakay maqtuli hijron bo‘lg‘amen,
Chorae qilkim, sening ollingda qurbon bo‘lg‘amen.
Ey xush ulkim, turg‘asen kelub ko‘zum o‘trusida,
Men tikib ikki ko‘zum yuzungga, hayron bo‘lg‘amen.
Necha sensiz dardu g‘am bo‘lg‘ay mening ko‘nglumda jam’,
Necha zulfung ishtiyoqidin parishon bo‘lg‘amen?
Ko‘yung ichra gar saqar bo‘lsa, maqar Jannatcha bor,
Jannat o‘lsa gar makon, sensiz ne imkon bo‘lg‘amen?