Sinov yoʻsinida ishlamoqda

O‘lum uyqusig‘a borib, jahondin bo‘ldum osuda ...

O‘lum uyqusig‘a borib, jahondin bo‘ldum osuda,

Meni istasangiz, ey do‘stlar, ko‘rgaysiz uyquda.

 

Nekim taqdir bo‘lsa, ul bo‘lur tahqiq bilgaysiz,

Erur jangu jadal, ranju riyozat barcha behuda.

 

O‘zungni shod tutqil, g‘am yema dunyo uchun zinhor

Ki, bir dam g‘am yemakka arzimas dunyoi farsuda.

 

Zamona ahli ichra, ey ko‘ngul, oyo tonilg‘aymu,

Seningdek dard paymou meningdek dard paymuda?

 

Ulusdin tinmadim umrumda hargiz lahzae, Bobur,

Magar o‘lsam bu olam ahlidin bo‘lg‘aymen osuda.

O‘lum uyqusig‘a borib, jahondin bo‘ldum osuda ...