Sinov yoʻsinida ishlamoqda

Ulki yillar, oylar o‘tkargay g‘amu motam bila ...

Ulki yillar, oylar o‘tkargay g‘amu motam bila,

Shodu xurram bo‘lmag‘ay navro‘z ila, bayram bila.

 

Ulki davronning oyog‘idin damo-dam qon yutar,

Nash’a topmas, gar ichar har davr jomi Jam bila.

 

Dema, ey hamdam, diyoru yor so‘zinkim, mening –

Ulfatim yo‘q olam ahli birla bal olam bila.

 

Sendin ayru naylagaymen iyd ila navro‘zni,

Oyu yil xushtur sening birla agar bo‘lsam bila.

 

Tortib afg‘on, oh urub hijronda, Bobur yig‘lasang,

Navha tuzgay bazmi g‘am ahli bu zeru bam bila.

Ulki yillar, oylar o‘tkargay g‘amu motam bila ...