Sinov yoʻsinida ishlamoqda

G‘urbatg‘a soldi charx meni yuz jafo bila ...

G‘urbatg‘a soldi charx meni yuz jafo bila,

Yod ayla men g‘aribni gohi duo bila.

 

Behad vafou mehr sanga ko‘rsatib edim,

Sen ham sog‘ing‘asen meni mehru vafo bila.

 

Chun qildi meni ul buti Chin zoru mubtalo,

Ishim mening qolibturur emdi Xudo bila.

 

Ko‘rmon farahni bir dam agar andin ayrumen,

Bilmon alamni, bormen aning birla to bila.

 

Ul sarvg‘a karam qilibon yetkur, ey sabo,

Bobur niyozini yer o‘pub xub ado bila.

G‘urbatg‘a soldi charx meni yuz jafo bila ...