Sinov yoʻsinida ishlamoqda
Ne chamanda sarv bor ul qomati ra’no kibi,
Ne guliston ichra gul bor ul ruxi zebo kibi.
Ne jafo tavrida bor dunyoda ul bemehrdek,
Ne vafo bobida bor olamda men shaydo kibi.
Donai xoli Masihoso labining ustida,
Notavon jonimg‘a bo‘ldi moyai savdo kibi.
Аylasam ko‘yida ma’vo, naylayin jannatnikim,
Bor manga ul hur ko‘yi jannatul-ma’vo kibi.
Bazm aro, ey do‘stlar, ne mayki, qon ichmak durur,
Soqie gar bo‘lmasa ul sho‘xi bazmoro kibi.
Minsa abrash ul quyosh kuymay netaykim, Boburo,
Meni kuydurmakka yeldur markab, o‘tdur rokibi