Sinov yoʻsinida ishlamoqda
Mullaxo‘jayeva Karomat Toshxo‘jayevna 1965-yil 7-fevralda Toshkent viloyatida tug‘ilgan.
1983–1988-yillari Toshkent Davlat universitetining (O‘zMU) o‘zbek filologiyasi fakultetida tahsil olgan.
1988-yili Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti o‘zbek klassik adabiyoti kafedrasida pedagogik faoliyatini boshlagan. 1991–1993-yillari mazkur universitet aspiranturasida tahsil olgan.
1994-yildan 2007-yilgacha Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida o‘qituvchi, katta o‘qituvchi lavozimlarida faoliyat yuritgan. 2005-yili “Alisher Navoiy g‘azaliyotida tasavvufiy timsol va badiiy san’atlar uyg‘unligi” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 2007–2009-yillari O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti doktoranturasida tahsil olgan.
2010–2011-yillari Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti o‘zbek klassik adabiyoti kafedrasi dotsenti, 2011-yildan 2016-yilgacha O‘zbek adabiyoti tarixi kafedrasi mudiri lavozimlarida ishlagan.
2016-yildan shu kungacha Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti “O‘zbek adabiyoti tarixi” kafedrasida dotsent lavozimida ishlab kelmoqda.
Monografiya, o‘quv qo‘llanmalar muallifi. Rossiya, Qozog‘iston, Ukraina, Turkiya, Ozarboyjon kabi davlatlardagi xalqaro konferensiyalarda muntazam ishtirok etadi. Ilmiy jurnal va to‘plamlarda 200 dan ortiq ilmiy maqolalari chop etilgan.
Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma” asarini zamonaviy o‘zbek tiliga (hammualliflikda) o‘girgan. “Bobur” ensiklopediyasining nashr etilishida ham hissasi bor. Zahiriddin Muhammad Bobur shaxsi, uning hayot yo‘li, ijodiy merosiga aloqador mavzularda bir qancha ilmiy, ilmiy-ommabop maqolalar e’lon qilgan.