Sinov yoʻsinida ishlamoqda
Sharaxmetova Muxlisa Ansaritdinovna (1979, 01,11-Toshkent sh.)
1998-2002 yillar Toshkent davlat sharqshunoslik institutining bakalavr bosqichi (urdu tili va adabiyoti) mutaxassisligi, 2003-2005 yillar magistratura bosqichining (Tarjima nazariyasi va amaliyoti) mutaxassisligi bo‘yicha o‘qishni tamomlagan. 2008-yilda – Osiyo, Afrika xalqlari, Amerika va Avstraliya tub xalqlari tillari ixtisosligi bo‘yicha aspirantura bosqichini yakunlagan.
Mehnat faoliyatini 2011-yilda Toshkent davlat sharqshunoslik instituti “Janubiy Osiyo tillari” kafedrasida o‘qituvchi-stajyor sifatida boshlagan. 2012- yildan 2022-yilga qadar Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining “Janubiy va janubi-sharqiy Osiyo tillari” kafedrasida urdu tili o‘qituvchisi lavozimida ishladi.
2022-yildan to hozirga qadar mazkur universitetning “Urdu tili, adabiyoti, Pokiston tarixi va madaniyati” kafedrasi mudiri lavozimida ishlab kelmoqda.
Sharaxmetova Muxlisa Ansaritdinovnaning “Boburnoma”ning urducha tarjimalari, ularda adabiy portretlar qiyosi, tarjimalarda muallif uslubining berilishiga doir ilmiy va ilmiy-ommabop maqolalari O‘zbekistondagi ilmiy jurnallar, to‘plamlar, respublika va xalqaro miqyosda o‘tkazilgan ilmiy-nazariy va amaliy anjuman to‘plamlarida chop etilgan, shuningdek, Hindiston, Pokiston, Rossiya Federatsiyasida o‘tkaziladigan anjumanlarda faol ishtirok etib keladi.
Muxlisa Sharaxmetova 2021-yilda “Boburnoma”ning urducha tarjimasida muallif uslubiga xos leksik-semantik xususiyatlarning aks etishi” nomli doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi va unga filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi berildi.
2022-yil fevral oyida Muxlisa Sharaxmetova marhum boburshunos olim, professor Ansoriddin Ibrohimov tavalludining 70 yilligi munosabati bilan “Boburiylar merosini o‘rganishning dolzarb masalalari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferetsiyasini o‘tkazib, anjuman to‘plamini nashr ettirdi.