Sinov yoʻsinida ishlamoqda
Muhammadiyeva Dilafro‘z Axtamovna 1984-yil Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumanida ziyoli oilasida tug‘ilgan. Dilafro‘z Muhammadiyeva 2001-2005 yillarda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetning bakalavr, 2005-2007 yillarda turkiy tillar mutaxassisligi bo‘yicha magistratura bosqichlarini tamomlagan. 2018-2020 yillarda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining tayanch doktoranturasini o‘tagan.
Muhammadiyeva Dilafro‘z Axtamovna “Boburnoma” turkcha tarjimasidagi paremiyalarning qiyosiy tadqiqi” mavzuidagi dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
Dilafro‘z Muhammadiyeva dissertatsiyasi mavzuyi yuzasidan OAK tomonidan tasdiqlangan ilmiy jurnallarda 50 ga yaqin maqola va tezislar chop ettirgan. Mavzuga doir ilmiy ma’ruzalari bilan respublika va xalqaro ilmiy anjumanlarida faol ishtirok etgan.
2023 yil 3-iyundan buyon Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining O‘zbek tilshunosligi kafedrasida dotsenti.
01.01.2023 dan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti doktoranti. Dissertatsiya mavzusi “Boburnoma” matnining o‘zbekcha-turkcha-qozoqcha parallel korpusini yaratish asoslari”.