Sinov yoʻsinida ishlamoqda
Samoylovich Aleksandr Nikolayevich (1880, Nijniy Novgorod - 1938) - sharqshunos, lingvist va etnograf (turkolog). S.-Peterburg un-tining sharqshunoslik fak-tida o‘qigan. P.M.Melioranskiy va V.V.Radlovning shogirdi. Markaziy Osiyoda bir necha marta uzok muddatli ilmiy safarda bo‘lgan. (Shu munosabat bilan “Men - Majnun, Turkiston - men uchun Laylo, Toshkent - uning peshonasidagi gavhar. Saodat - majnunlikda” deb yozgan.) Ilmiy va pedagogik faoliyat bilan shugullangan. 1929 y. SSSR FAga a’zo etib saylangan. 1934 y dan shu akademiyaning Sharqshunoslik instituti direktori. 1937 y. soxta ayblov bilan qamoqqa olingan va 1938 yilda noqonuniy ravishda qatl etilgan.
A.N.Samoylovich o‘zidan boy va rang-barang bosma va qo‘lyozma ilmiy meros qoldirgan. 1904 y. S.N. Lolyakov tomonidan qilingan “Boburnoma”dan Farg‘ona qismining rus tiliga tarjimasining sifatini tanqid qilgan va shu munosabat bilan Bobur hayoti va ijodiga qiziqib qolgan, Bobur asarlarining A.Beverij, N.I.Ilminskiy, E.D.Ross nashrlariga taqriz yozgan. 1917 y. “D.”ning Rampur qo‘lyozmasini nashr etgan. Olimning arxividan bu qo‘lyozmaning rus tilida izoxdi tabdili topilib, 2005 y. nashr etildi. (A.N.Samoylovich “M.” asarini ham nashrga tayyorlashga kirishgan, ammo ulgurmagan.) U Boburshunoslik haqida shunday fikr bildirgan: «“Urta osiyolik Yuliy Sezar” - Hindiston imperatori Zahiriddin Muhammad Boburni Yevropada “Buyuk Mo‘g‘ul” deb atash rayem bo‘ldi. (Haqiqatda esa u “Buyuk turk” dir - A.N.S.) Uning asarlarini nashr etish, tarjima qilish va o‘rganish ingliz va rus sharqshunoslari uchuy burch, sharaf va saodatdir».
Asos: Bobur ensiklopediyasi. Uchinchi nashr. Toshkent., 2023 y. 620-bet. (Abdulla A’zam)