Sinov yoʻsinida ishlamoqda
Stebleva Iya Vasilevna (1930 y.t., Odessa sh.) – turkiyshunos olima. M.V.Lomonosov nomidagi MDUning turkiyshunoslik bo‘limini tamomlagan. Qadimgi turkiy adabiyot bilan shug‘ullanadi. Tadqiqotlarida Boburning ijodiy merosiga mumtoz turkiy adabiyotning davomi sifatida yondashgan. "Arab-fors qofiyashunosligi va turkiy she’riyat" (1966 y ), "Tuyuq janrining kelib chiqishiga doir" (1970 y.), "Turkiy aruz nazariyasining zamonaviy talqini masalasiga doir" (1977 y.) ishlarida Boburning nazmiy mahoratini o‘rgangan. "Aruz risolasi"ning faksimilesini ("Risalai aruz" nomi bilan) nashr etgan. "Bobur g‘azallari semantikasi" (1982 y ), "Turkiy tilli mumtoz she’riyatda ritm va ma’no" (M., 1993 y.), "Turkiy poetika: rivojlanish bosqichlari: VI1I-XX asrlar" (M., 2012 y.) Bobur g‘azallarining zamonaviy talqini va matniy xususiyatlari to‘g‘risida bir necha risola e’lon qilgan. Ularda, xususan, ruboiy, tuyuq, qit’a va fard janrlarida Boburning mahoratini ochib berilgan.
Asos: Bobur ensiklopediyasi. Uchinchi nashr. Toshkent., 2023 y. 643-bet. (Hamidulla Boltaboyev).