Sinov yoʻsinida ishlamoqda

Stori Charlz Ambrouz

Stori Charlz Ambrouz

Stori Charlz Ambrouz - ingliz sharqshunosi, fors adabiyoti bo‘yicha mashhur uch jildlik biobibliografik tazkira-ma’lumotnoma (qisqacha Survey, ruscha “Obzor”) muallifi. Kembrij universiteti tarkibidagi Triniti kollejida arab va boshqa tillarni o‘rgangan (1912 yilda tamomlagan). Aligarh shahridagi (Hindiston) Ingliz-Musulmon kolleji (hozirgi Aligarh Islom un-ti)da o‘qituvchi, Londondagi Hindiston mahkamasining kutubxonasida ilmiy xodim, Kembrij un-tida prof. (1933-1947 yy.) vazifasida ishlagan. Sharq mamlakatlari bo‘ylab bir necha ilmiy ekspeditsiyalarda qatnashib, ma’lumot to‘plagan. Karl Brokelmanning arab tilidagi adabiyot bo‘yicha tazkira-ma’lumotnomasi ta’sirida, unga qo‘shimcha sifatida “Survey” asarini yaratgan. Kitob o‘zining mukammalligi bilan mashhur. 1-jildi “Qur’on” ilmi, tarixga oid asarlarni tavsiflash va qisqa tarjimayi hollardan iborat. 2-jildi aniq fanlar, tabiatshunoslik va tibbiyotga, 3-jildi lugatlar, tilshunoslik va poetikaga oid asarlar tavsifiga bagishlangan. (4- jildi ustida ish boshlagan, ammo yakunlanmay qolgan.) Asar Yu.E.Bregel tomonidan rus tiliga o‘girilib, (katta hajmdagi to‘ldirishlar bilan) nashr etilgan. Uning ruscha tarjimasi fors tiliga o‘girilib nashr etilgan (tarjimonlar: Ya.Orianpur, S.Izodiy, K.Keshovarz; A.Monzaviy tahriri ostida; Tehron, 1983).


Survey HHHr 2-jildida Boburning qisqacha tarjimayi holi, asarlari (“Boburnoma” to‘g‘risida o‘sha davrga nisbatan mukammal, “Dyevon” va “Aruz risolasi” to‘g‘risida qisqa), ularning nashrlari va tarjimalari to‘g‘risida ma’lumot berilgan (tartib raqami 690).


Asos: Bobur ensiklopediyasi. Uchinchi nashr. Toshkent., 2023 y. 643-bet. (Abdulla A’zam, Abdumajid Madraimov)

Olimning Ilmiy ishlari