Sinov yoʻsinida ishlamoqda
Tekston M. Viler (1944 y. t.) - sharqshunos, boburshunoslik hamda Humoyun va Akbar davri tarixini o‘rganishga katta hissa qo‘shgan. AQSHning Harvard universitetida sharq tillari bo‘yicha prof. “Boburnoma”ni ingliz tiliga tarjima qilib uch marta nashr ettirgan. Uning so‘zboshisida asosiy voqealar xronologiyasi, Chingiziylar va Temuriylar haqida ma’lumot, ilovada esa ismlar va lavozimlar ko‘rsatkichlari berilgan.
V.M.Tekston Gulbadan Begimning “Humoyunnoma”, Javhar Oftobachining “Tazkiratul- vaqoyi’” va Boyazid Bayotning “Tarixi Humoyun” (boshqa nomi “Tazkirati voqeoti Humoyun va Akbar”) tarixiy asarlarining forscha matni va o‘zi qilgan inglizcha tarjimalarini nashr qilgan (Three Memoirs of Humayun. Volume One: Humayunnama and Tadhkiratu T-waqiat. Volume two: Tarikhi Humoyun. Persian Texts Edited and Translated by Wheeler M. Theckston. California, Costa Mesa, Mazda Publishers, 2009).
Asos: Bobur ensiklopediyasi. Uchinchi nashr. Toshkent., 2023 y. 700-bet. (Abdumajid Madraimov)