Sinov yoʻsinida ishlamoqda

Tekjan Munavvar

Tekjan Munavvar

Tekjan Munavvar (Munavvara Takjon; 1966 y. t., Turkiya, Nig‘da sh.) - turk olimasi; 1983-1987 yy. Arzurum universitetida til va adabiyot mutaxassisligi bo‘yicha ta’lim olgan. 1990 y. Trakiya universiteti magistraturasini, 1997 yilda Saljuq universiteti aspiranturasini tamomlagan. 2000 yildan Kojaeli universitetida o‘qituvchi, dotsent va prof. Hakim otaning “Bibi Maryam” kitobini, Mas’ud Mirzo Shohiy va Bayramxon devonlarini nashr etgan. “Boburnoma”da ayollar siymosi, davlat qurilishi va diplomatiya hamda shu kabi mavzular bilan shug‘ullanadi. Gender masalalariga bag‘ishlangan womenstudiesjournal.org saytini ochgan va uning moderatorligini olib boradi.


Asos: Bobur ensiklopediyasi. Uchinchi nashr. Toshkent., 2023 y. 700-bet. (Tahririyat.)

Olimning Ilmiy ishlari