Sinov yoʻsinida ishlamoqda

Ramiz Asker

Ramiz Asker

Ramiz Asker (Asqarov Ramiz; 1954 y.t., Armaniston, Karachanta qishlog‘i) - jurnalist, shoir va adabiyotshunos. M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universtitetining jurnalistika fakultetini tamomlagan (1978 y.), f.f.d., prof. Ozarbayjon Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, Ozarbayjonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist. Uzok yillar davomida Ozarbayjon ommaviy axborot vositalarida turli lavozimlarda ishlagan. So‘nggi yillarda Ozarbayjon FAning folklor instituti va Bok-u davlat universitetida ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanib keladi. 150 ga yaqin ilmiy maqola va 9 ta risola e’lon qilgan, “Boburnoma” va Bobur devonini ozarbayjon tiliga o‘girgan (Z.M.Bobur. Tanlangan asarlar. Bok-u, 2011). Bobur xalqaro mukofoti sovrindori (2011 y.).


Asos: Bobur ensiklopediyasi. Uchinchi nashr. Toshkent., 2023 y. 700-bet. (Sh.S.)

Olimning Ilmiy ishlari