Sinov yoʻsinida ishlamoqda
Ross (Ser Edvard Denison Ross; 1871-1940 yy.) - sharqshunos, 50 ga yaqin tilni bilgan. Britaniya axborot byurosining Olis sharq mamlakatlari bo‘limi direktori bo‘lgan. 1916-37-yillarda o‘zi asos solgan Sharq va Afrika tadqiqot maktabiga rahbarlik qilgan, Hindistonga bag‘ishlangan 26 jildli “Brodvey sayyoxdari” turkumini (Ye.Pauer bilan birga) nashrdan chiqargan. “Osiyo yuragi: Markaziy Osiyo va Rossiya (Turkiston xonliklarining ilk davridan boshlab)” tarixiy asarini (D.H.Skrin bilan birga, 1899 y.), Umar Xayyom ruboiylari, “Tarixi Rashidiy” asarini, Bayramxon devoni, Mirzo Maxdixon lugatini nashr etgan. 1910 y. “Bengaliyaning Osiyo jamiyati axborotlari” jurnalida (6-jild, qo‘shimcha son) “Imperator Boburning she’rlar to‘plami” nomi bilan “Dyevon”ning Rampur qo‘lyozmasini e’lon qilgan.
Asos: Bobur ensiklopediyasi. Uchinchi nashr. Toshkent., 2023 y. 593-bet. (Abdulla A’zam)