Sinov yoʻsinida ishlamoqda
Henri Beverij (Henry Beveridge, 1837-London-1929) - yirik sharqshunos-tarixchi va tarjimon. Buyuk Britaniyaning Hindistondagi Fuqaro xizmati tashkilotida ishlagan va shu munosabat bilan uzoq muddat Hindistonda yashagan. Fors tilini yaxshi bilgan. Boburiylar davlati tarixi bilan jiddiy shug‘ullangan. “Akbarnoma”ni ingliz tiliga o‘girib, 1902 yilda Londonda nashr qilgan. 1900 yilda Haydaroboddagi Solarjang muzeyida saqlanayotgan “Boburnoma” nusxasini topib, uni ingliz tiliga tarjima qilish uchun rafiqasi Annet Beverijga topshirgan. Uzi esa (Aleksandr Rojers bilan birga) “Jahongirnoma”ni ingliz tiliga tarjima qilish bilan shug‘ullangan va 1909-14-yillarda Londonda chop ettirgan.
Annet Syuzanna va Henri Beverijlarning o‘gli Vilyam Beverij ota-onasining tarjimayi holi bayon etilgan “India Called Them” (“Ularni Hindiston chorlagan”) nomli kitob yozgan.
Asos: Bobur ensiklopediyasi. Uchinchi nashr. Toshkent., 2023 y. 85-bet. (B. Yo‘ldoshev)