Sinov yoʻsinida ishlamoqda

Erskin Uilyam

Erskin Uilyam

Erskin Uilyam (Vilyam; 1773-1852) - shotlandiyalik sharqshunos va tarixchi. Qirollik oliy maktabini tugatganidan so‘ng Edinburg universitetida yuridik fanlari bo‘yicha doktorlik unvonini olgan. 1804 yilda Hindistonga borib Bombeyda sud sohasida ish boshlagan. 1809 yilda Madrasda ishini davom ettirgan. Hindistonning o‘rta asrlardagi tarixi bilan jiddiy shug‘ullangan. "Boburnoma” ni forscha tarjimasidan ingliz tiliga tarjima qilib, mukammal qilgan. Bobur va Boburiylar tarixiga oid bir necha kitob yozgan.


J Leyden boshlagan "Boburnoma”ni o‘zbekchadan tarjimasini ikki tarjimon nomi ostida chop etilgan.


Asos: Bobur ensiklopediyasi. Uchinchi nashr. Toshkent., 2023 y. 618-bet. (B.Yo‘ldoshev).

Olimning Ilmiy ishlari