Sinov yoʻsinida ishlamoqda

Leyden Jon

Leyden Jon

Leyden Jon (1775, Denholm,-1811, Indoneziya) - shotlandiyalik shoir va sharqshunos, ilk G‘arb boburshunoslaridan. Edinburg un-tida tahsil olgan. Sharq tillariga qiziqqan, arab va fors tillaridan she’rlar tarjimalar qilgan. 1803 yilda vrachlik qilish uchun Hindistonga borgan. 1810-yilda “Boburnoma’ning asli, ya’ni o‘zbekchasi bilan tasodifan tanishib, uni tarjima qilishga kirishadi va vafotigacha birinchi qismini o‘girishga ulguradi. Bundan xabardor bo‘lgan NM. El’finston tarjimani davom ettirishni fors tili bilimdoni U.Erskindan iltimos qiladi. “Boburnoma’ni fors tilidan mustaqil tarjima qilishga kirishgan U.Erskin, J.Leyden tarjimasi bilan tanishib, uning davomini fors tilidagi Abdurrahimxon tarjimasi asosida oxiriga yetkazgan. Kitob 1821 yilda ikki jildda ikki tarjimon nomi ostida nashr etiladi. U Yevropada boburshunoslikka katta turtki beradi. Bu tarjimadan “Boburnoma” ilk marotaba nemis tiliga o‘girilgan.


Asos: Bobur ensiklopediyasi. Uchinchi nashr. Toshkent., 2023 y. 618-bet. (A.Madraimov).

Olimning Ilmiy ishlari