Sinov yoʻsinida ishlamoqda
Karimova Yulduz Akulovna 1965-yil 14-yanvarda tavallud topgan.
Ma’lumotiga ko‘ra o‘zbek tili va adabiyoti o‘qituvchisi. 1986-yil JDPI ni o‘zbek tili va adabiyoti ixtisosligi bo‘yicha imtiyozli diplom bilan tugatib, ish faoliyatini shu yildan Jizzax tumanidagi 20-maktabda o‘qituvchi lavozimida boshladi. 1988-yildan Jizzax davlat pedagogika instituti o‘zbek adabiyoti kafedrasida katta laborant vazifasida ishladi. 1990-yildan shu institutning o‘zbek tili va adabiyoti o‘qitish metodikasi kafedrasi o‘qituvchisi, 2003-yildan katta o‘qituvchisi, 2012–2017-yillar oralig‘ida kafedra mudiri, 2017-yildan 2020-yilgacha dotsent vazifasini bajaruvchi, 2020-yildan o‘zbek adabiyoti o‘qitish metodikasi kafedrasining dotsenti lavozimida ishlayapti.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot instituti huzuridagi D 0150401 raqamli fan doktori ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyalar himoyasi bo‘yicha Ixtisoslashtirilgan kengashning tavsiyasiga ko‘ra 01 № 009235 2006-yil 23-fevral sanasi, 122/1-son bayonnomasi bilan filologiya fanlari nomzodi ilmiy darajasiga ega bo‘ldi. 2020-yilning 28-avgust 285/1-son bayonnomasi (03 № 009691) bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi Jizzax davlat pedagogika instituti kengashining tavsiyasiga ko‘ra 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti ixtisosligi bo‘yicha dotsent ilmiy unvonini oldi.
O‘zbek adabiyoti, adabiyotshunosligi, tanqidchiligi va adabiy jarayon masalalariga bag‘ishlangan yuzdan ortiq ilmiy, ilmiy-uslubiy, ilmiy-ommabop maqolalari, monografiya va uslubiy qo‘llanmalari mavjud.
Jizzax davlat pedagogika universitetining “Tafakkur ziyosi” ilmiy-uslubiy jurnalining tahrir hay’ati a’zosi. Respublika ma’naviyat-ma’rifat markazining “Ma’rifat targ‘ibotchisi” ko‘krak nishoni va tashakkurnomasi bilan taqdirlangan (20.09.2022 y.). Yoshlarning ilmiy-ijodiy tashabbusini qo‘llab-quvvatlash, fan asoslarini chuqur egallagan raqobatbardosh pedagogik kadrlar tayyorlashda olib borayotgan ishlarining samarasi natijasida shogirdlari Alisher Navoiy nomidagi Davlat stipendiyasi sovrindori (2017-yil Abdugapparova Shodiyona), “MDHning eng yaxshi talabasi – 2022” (2022-yil Toshpo‘latov Muhammadqodir) kabi e’tirofga sazovorga bo‘ldilar. Shu sohadagi fidoyi mehnatlari, yosh avlodni tarbiyalashdagi ibratli natijalari Jizzax viloyat hokimligi, Olima ayollar uyushmasi, universitet rahbariyati tomonidan faxriy yorliqlar va tashakkurnomalar bilan rag‘batlantirilgan.