Sinov yoʻsinida ishlamoqda
Arat Rashit Rahmati — (1900, Tatariston, Eski Ujum — 1964, Istanbul) turkolog, matnshunos, filologiya fanlari doktori (1927-y), dotsent.
Otasi Abdurashid Ismatulloh mjudarris bo‘lgani uchun, Arat Rashit Rahmati maktabda arab, fors va rus tillarini o‘rgangan. 1922-yil Berlin universitetining falsafa fakultetiga kirgan. 1927-yil doktor, so‘ng Berlin universiteti dotsenti unvonini olgan. 1933-yildan Istanbul universiteti adabiyot fakultetining turk tili va adabiyoti kafedrasi professori, 1940—1950-yillarda Turkiy tadqiqotlar instituti mudiri. Qiyosiy turkologiya bo‘yicha tadqiqotlar tashabbuskori, Turk madaniyatini tadqiq etish institutining asoschilaridan biri.
Arat Rashit Rahmati 200dan ziyod ilmiy asarlar muallifi. Turk tilining tarixiy grammatikasi, eski uyg‘ur tili, „Qutadg‘u bilik“, „Hibatul-haqoyiq“ yodgorliklarini o‘rgangan. „Boburnoma“ni usmonli turk tiliga tarjima qilgan.