Sinov yoʻsinida ishlamoqda

Ilminskiy Nikolay Ivanovich

Ilminskiy Nikolay Ivanovich

Ilminskiy Nikolay Ivanovich (Penza, 1822 – Qozon, 1891) – rus turkshunosi. Qozon ilohiyot akademiyasini tugatib (1846-yil.), shu yerda ishlagan va missionerlik faoliyatiga tayyorlanib, tatar, arab tillarini oʼrgangan. 1851–54-yillarda Suriya, Falastin va Misrda ilmiy safarda boʼlgan. Аsosan, turkiy tillar va islom dini yoʼnalishida tadqiqotlar olib borgan. 1861-yildan Qozon universitetida turk-tatar tili oʼqituvchisi boʼlib ishlagan. 1871 yili Rossiya FА muxbir-aʼzosi etib saylangan.


N.I.Ilminskiy “Boburnoma”ni birinchi boʼlib nashr ettirgan (Qozon universiteti bosmaxonasi, 1857-yil). Bu nashr “Boburnoma”ning keng yoyilishi va oʼrganilishiga yoʼl ochgani bilan boburshunoslik tarixida muhim oʼrin tutgan. “Boburnoma”ni nashrga tayyorlagan keyingi tadqiqotchilar bevosita yoki bilvosita Ilminskiy nashridan foydalangan. Olim «Materialы dlya djagatayskogo spryajeniya po “Baburname”» asarida (1863-yil) “Boburnoma” asosida eski oʼzbek tilining grammatikasini tadqiq etgan.

Olimning Ilmiy ishlari