Sinov yoʻsinida ishlamoqda

Shafiqa Yorqin

Shafiqa Yorqin

Yorqin Shafiqa (Shafiqa Yorqin Muhammadqosim Barq qizi; 1955-yilda tug'ilgan, Аfgʼoniston, Saripul shahri) – filolog, shoira. Kobul oliy bilim yurtini tamomlagan (1977-yil), Аfgʼoniston taʼlim muassasalari, milliy teleradio va nashriyotlarida ishlagan, Аfgʼoniston FАning ilmiy kotibi va boshqa masʼul lavozimlarda faoliyat olib borgan. 1997-yilda Oʼzbekistonga kelgan va Komron Mirzo hayoti va ijodi boʼyicha nomzodlik dissertasiyasini yoqlagan (1999-yil). Soʼng 2005-yilgacha OʼzFА Аlisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot instituti (hozirgi OʼTАITI)da ilmiy xodim.


Bobur, Komron, Nodira va boshqa shoirlarga bagʼishlangan ilmiy tadqiqotlar muallifi. “Boburnoma”ning “Kobul” qismini faksimile va forscha tarjimasi bilan nashr etgan (2007- va 2010-yillar). “Devon”ning toʼliq nashrlaridan birini amalga oshirgan (“Daryo dar guhar” nomi bilan).


Badiiy ijod bilan ham shugʼullanadi, oʼzbek tilida “Olamdan bir sas”, “Uygʼoq tushlar”, “Ipak qanot qaldirgʼoch” kitoblari va forscha sheʼrlar toʼplamlari muallifi. Jaloliddin Rumiyning ruboiylarini oʼzbek tiliga oʼgirgan. Sh.Yorqin bir qator Аfgʼoniston va xalqaro mukofotlar, jumladan, Bobur xalqaro mukofoti (1998-yil) sohibi.

Olimning Ilmiy ishlari