Sinov yoʻsinida ishlamoqda

Bаk’e-Grаmon Jan Lui

Bаk’e-Grаmon Jan Lui

Bаk’e-Grаmon Jan Lui (Jean-Louis Bacque-Grammont, 1941 yilda tug‘ilgan) – fransuz sharqshunosi, fan doktori (Parij universiteti). Sharq jonli tillari institutida (hozirgi INALCO, Parij shahri) turk, fors va arab tillarini o‘rgangan. Shu institut ilmiy xodimi, “Turkica” jurnali direktori o‘rinbosari. 1984–91-yillar. Istanbuldagi Аnatoliya frantsuz instituti (l’Institut Fransais d’Etudes Anatoliennes d’Istanbul) direktori. Turkiy xalqlar tarixi, tillari va adabiyotiga oid 150 dan ziyod ilmiy ish e’lon qilgan.


J.L.Bak’e-Gramon “Boburnoma”ni ikkinchi marta frantsuz tiliga tarjima qilgan (1985-yil; “Bobur kitobi” nomi bilan nashr ettirgan, so‘zboshi muallifi – Lui Bazen). Bunda Pave de Kurteyldan farqli “Boburnoma”ning Haydarobod qo‘lyozmasi va inglizcha tarjimalariga asoslangan. “Boburnoma”ning Dehli muzeyida saqlanayotgan qo‘lyozmasi uchun ishlangan ellikdan ortiq miniatyura va o‘ttizdan ziyod zamonaviy fotosurat, Boburning shajarasi, S.Аzimjonovaning «Xatti boburiy» haqidagi maqolasi, jumladan, bu xat namunasining fotofaksimilesi ilova qilingan. Nashr Bobur tavalludining 500 yilligiga bag‘ishlangan va YuNESKO hamda Xalqaro tarjimonlar federatsiyasi sovrinlariga sazovor bo‘lgan.


J.L. Bak’e-Gramon “Humoyun kitobi” (“Le livre de Humayun”, 1996-yil.) asarining ham muallifi. U 1996-yil Samarqand va Toshkentda Аmir Temur tavalludining 600 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilgan ilmiy konferentsiyalarda ishtirok etgan.

Olimning Ilmiy ishlari