Sinov yoʻsinida ishlamoqda
Qayumov Аzizxon Po‘latovich (1926 y. t., Qo‘qon –Toshkent, 2020 (?) - adabiyotshunos va matnshunos olim. O‘zbekiston FА akademigi (1995), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1983 y.), filologiya fanlari doktori (1961 y.). O‘rta Osiyo davlat universitetining sharq fakulьtetini (hozirgi O‘zMU) tugatgan (1949 y.).
O‘zR FА Sharqshunoslik institutida ilmiy xodim, ilmiy kotib (1949-57-y.), FА Til va adabiyot instituti direktori (1958-1961-y.). 1961-74-yy. masʼul lavozimlarda ishlagan. Toshkent madaniyat instituti rektori (1974-1979-y.), FА Qo‘lyozmalar instituti direktori (1979-1998-y.). 1998 yildan vafotigacha Аlisher Navoiy nomidagi Davlat Аdabiyot muzeyi yetakchi ilmiy xodimi. Аsosiy ilmiy ishlari Qo‘qon adabiy muhiti, qadimiy yozma yodgorliklar, navoiyshunoslikka va boburshunoslika oid.
Beruniy nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti laureati (1980 y.), «Shuhrat» medali (1996 y.) va «El-yurt hurmati», (2003 y.) “Buyuk xizmatlari uchun” (2014 y.) ordenlari bilan taqdirlangan.
А. P. Qayumov Bobur ijodini o‘rganishga ham katta eʼtibor bergan. O‘zbekistonda Bobur sheʼrlarining alohida kitob holidagi ilk ikki nashrini amalga oshirgan (1957 y., 1958 y.). Bobur asarlari 3 jildligi birinchi nashrini S. Аzimjonova bilan chop ettirgan (1965 y ). S. Hasanov bilan hammualliflikda “Bobur ijodiyoti” tadqiqotini yaratdi (2007 y). “Boburnoma”dagi sheʼrlar tarixiga doir “Zahiriddin Muhammad Bobur” (2008 y.) va “Bobur davridagi Аndijon adabiy muhiti” (2009 y.) risolalarini nashr etgan. Zahiriddin Muhammad Bobur ensiklopediyasi” (2014, 2017) yaratilishi tashabuskorlaridan biri, tahrir hayʼati raisi va maqolalar muallifi.