Sinov yoʻsinida ishlamoqda
Ne’matova Hulkar Abdulbakiyevna – Bobur nomidagi xalqaro jamoat fondining Jizzax viloyat bo‘limi rahbari, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent v.b.
Ne’matova Hulkar Abdulbakiyevna 1986-yil 17-aprelda Jizzax viloyati, Jizzax shahrida tug‘ilgan, millati o‘zbek, ma’lumoti oliy.
1993-2004-yillarda Jizzax viloyati Jizzax shahridagi 6-umumta’lim maktabini imtiyozli attеstat bilan bitirgan.
2004-2008-yillarda Abdulla Qodiriy nomidagi JDPI o‘zbek tili va adabiyoti fakultetini imtiyozli diplom bilan tamomlagan.
2009-2012-yillarda Jizzax viloyati pedagoglarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutida ARM mudirasi, uslubchi lavozimlarida faoliyat olib borgan.
2014-2022-yillarda Jizzax viloyati Xalq ta’limi boshqarmasiga qarashli “Umid” IDUMIda ona tili va adabiyoti fanidan dars bergan.
2008-yilda “So‘nggi yillar o‘zbek adabiyotida safarnoma janri (Xayriddin Sultonning “Boburiynoma”, Qamchibek Kenjaning “Buyuklar izidan” asarlari misolida) mavzusida bitiruv malaka ishini yozib, bakalavr diplomini olgan.
2014-yilda “Istiqlol davri o‘zbek safarnomalari va ularning adabiy ta’limdagi ahamiyati” (Xayriddin Sulton va Qamchibek Kenja asarlari misolida) mavzusidagi magistr akademik ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan.
2022-yilda “Safarnoma janri: tarixi, taraqqiyoti va poetikasi” mavzusida 10.00.02- O‘zbek adabiyoti yo‘nalishida filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan.
Ne’matova Hulkar Abdulbakiyevna O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti kengashi a’zosi, Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi hamda Bobur nomidagi xalqaro jamoat fondining Jizzax bo‘limi rahbari vazifalarida faoliyat yuritib kelmoqda.
Uning 40 ga yaqin ilmiy maqolalari xalqaro va respublika ilmiy jurnallarida chop etilgan.
JDPU O‘zbek tili va adabiyoti fakultetining ko‘plab bakalavr va magistrantlari Ne’matova Hulkar Abdulbakiyevna rahbarligida ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqda. Uning rahbarligida iqtidorli talabalar muayyan yutuqlarga ham erishmoqdalar.
Ne’matova Hulkar Abdulbakiyevnaning shogirdi, o‘zbek tili va adabiyoti fakultetining 3-bosqich talabasi Baturova (Fayzullayeva) Gavhar Samarqandda o‘tkazilgan 7-xalqaro talablar simpoziumida “Bobur nomidagi xalqaro jamoat fondining bugungi kun boburshunosligida tutgan o‘rni va ahamiyati” mavzusida ustoz-shogirdlik asosida tayyorlangan taqdimot bilan ishtirok etib, sertifikatni qo‘lga kiritdi.
Bobur xalqaro fondining Jizzax viloyat bo‘limi a’zolari hamda Jizzax davlat pedagogika universiteti professor-o‘qituvchilarining boburshunoslik, boburnomashunoslik, badiiy boburshunoslikdagi tadqiqotlari tizimli o‘rganilmoqda. Bobur Mirzoning 540 yillik yubileyi munosabati bilan Jizzax davlat pedagogika universitetida “Bobur Mirzoning ilmiy-adabiy merosi” mavzusidagi konferensiyaning tashkil etilishi mazkur bo‘limning dastlabki faoliyatining samaradorligi sifatida baholanadi. Shuningdek, O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti talabalari, umumiy o‘rta ta’lim maktablarining ona tili va adabiyot fani o‘qituvchilari o‘rtasida insholar va esselar tanlovi ham o‘tkazilib, tanlov g‘oliblari rag‘batlantirildi.
Ne’matova Hulkar Abdulbakiyevna davlat va jamoat tashkilotlari ishlarida ham faol qatnashadi. U viloyatdagi Harbiy qismlar, O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasining Jizzax viloyati Kengashi, viloyatdagi ijod maktablari, viloyatdagi oliy ta’lim muassasalari hamda umumiy o‘rta ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda turli tadbirlar, shuningdek, mahorat darslarini tashkil etib kelmoqda. Yuqorida nomlari zikr etilgan tashkilotlar tomonidan faxriy yorliqlar bilan taqdirlangan.