Sinov yoʻsinida ishlamoqda

Ne’matilla Otajonov

Ne’matilla Otajonov

Filologiya fanlari doktori, professor, xalqaro Amir Temur va Bobur mukofotlari sovrindori, Turon fanlar akademiyasi akademigi Ne’matilla Otajonov mamlakatimiz va xorijda taniqli adabiyotshunos, tarixshunos, shox va shoir sarkarda va tarixchi Z.M.Bobur hayoti va ijodini o‘rganish keng targ‘ib qilish, Boburiylar saltanati tarixi, Yevropa sharqshunoslarining Bobur faoliyati sohasida olib borgan tadqiqotlarini qiyosiy o‘rganish bo‘yicha taniqli Boburshunos olimlardan hisoblanadi.


U 1978 yilda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, professor G‘aybulla Salomov rahbarligida “Tarjima va ilmiy sharq” (Boburnomaning inglizcha tarjimalari misolida ) nomzodlik, “Boburnoma jahon adabiy jarayonida” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. 1990 yilda professor unvonini olgan.

Professor N.Otajonov tomonidan beshta (5) fan nomzodlari tayyorlangan. Bundan tashqari u o‘nlab nomzodlik va bir necha doktorlik dissertatsiyalariga rasmiy opponent sifatida ishtirok etgan.


N.Otajonov bir qator yangi avlod darslik va o‘quv qo‘llanmalari, 150 dan ortiq ilmiy maqolalarning muallifidir.


Avvalo, uning 2002-yilda “Sharq” nashriyotida chop etilgan “Boburnoma”ning yangi to‘ldirilgan tanqidiy nashri matnini tayyorlash va ilmiy sharq hamda muqaddima, ilova qismini yozishdagi faol ishtirokini alohida ta’kidlash kerak.


Uning “O‘zbek mumtoz adabiyotining xorijiy tillarga tarjimalarini tarixidan” (rus tilida), “Tarjimon mahorati”, ”Boburnoma”, “Muborak dasxatlar”, (Z.M.Boburning saodatmand Mirzo farzandlariga yo‘llagan xayrli solnomalari), Z.M.Bobur ijodini o‘rganish bo‘yicha O‘quv qo‘llanma, “Boburnoma qo‘l yozmalari”, “Bobur va Boburnoma (ingliz tilida tarjima)”, “Humoyunnoma”ni to‘ldirilgan nashri, Avstriya (Vena) texnika universiteti olimlari bilan hamkorligida yaratgan “Speak English” kabi asarlari yangicha qo‘llanma bo‘lib xizmat qilmoqda.


N.Otajonov tajribali Boburshunos sifatida 20 dan ortiq Xalqaro anjumanlarda qatnashib, “Boburnoma”ning xorijiy tillardagi tarjimalari bo‘yicha ma’ruzalar qilgan.


Olim Xalqaro Bobur jamg‘armasi uyushtirgan ilmiy ekspeditsiyada ishtirok etib, Xitoy, Pokiston, Hindiston, Bangladesh, Eron va 40 dan ortiq mamlakatlardan Bobur hayoti va ijodiga oid, hali jamoatchilikka ma’lum bo‘lmagan manbalarni qidirib topish va vatanimizga olib kelishda o‘zining munosib hissasini qo‘shdi.


Professor N.Otajonovning olib borayotgan tadqiqotlari, yaratayotgan o‘quv va uslubiy qo‘llanmalarida o‘zbek xalqining sevimli farzandi shox va shoir Z.M.Bobur siymosi, uning vatanni sevish, komil inson bolish haqidagi qarashlari diqqat markazida turadi. Zero, Prezidentimiz SH.M.Mirziyoyev tomonidan ilgari surilayotgan tamoyillarda komil inson g‘oyasi asosiy o‘rinni egallaydi. Shu bois N.Otajonovning ilmiy-tadqiqot ishlari hamda jamiyat va pedagogik faoliyatida barkamol avlodni tarbiyalash, komil insonni shakllantirish masalasiga muhim ahamiyat qaratilgan.


Professor N.Otajonov Nam.D.U da sirtqi talim, o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor, chet tillar fakulteti dekani vazifalarida ishlagan.


Hozirda IMPULS tibbiyot oliygohi professori, xalqaro aloqalar, ilmiy-tadqiqot ishlari,innovatsiyalar bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlab kelmoqda. 2023-yil 26-dekabrda O‘zbekiston va Pokiston Respublikalari o‘rtasida imzolangan memorandumiga asosan Pokiston Islom Respublikasi, Panjob universiteti bilan hamkorlikda "Boburnoma" jahon adabiy jarayonida" mavzusida xalqaro grant loyihasi ustida ish olib bormoqda.


Professor N.Otajonov 1965-yili Andijon Davlat chet tillar institutini tamomlagan.

Olimning Ilmiy ishlari

Bobur and "Boburnoma" 2023 3.3 MB