Sinov yoʻsinida ishlamoqda
Mashrabov Zokirjon Mashrabovich (1933 y., Andijon tumani) – geolog olim, geologiya-mineralogiya fanlari nomzodi (1960 y.), boburshunos va jamoat arbobi, Bobur nomidagi xalqaro jamoat fondi asoschisi va raisi, Bobur xalqaro ilmiy ekspeditsiyasini tashkil etish tashabbuskori, ekspeditsiya safarlarining rahbari va homiysi.
Z.M.Mashrabov 1965–1978 yy. o‘z mutaxassisligi bo‘yicha,shunindek turli mas’ul lavozimlarda ishlagan. Andijon shahar ijroiya komiteti raisi (1978– 1985 yy.); O‘zFA ilmiy-ishlab chiqarish markazi bosh direktori (1985–1992 yy.) Uning sa’y-harakati bilan birinchi marta O‘zbekistonda Boburning haykali bunyod etilgan (Andijon sh., 1983y.), Andijon shahrining Bog‘ishamol mavzesidagi adirlar hashar yo‘li bilan obod etila boshlaganda, Z.M.Mashrabov tashabbusi bilan Bobur nomidagi istirohat bog‘iga asos solingan. Bog‘da bunyod etilgan Bobur nomidagi xalqaro jamoat fondi binosida har yili uning sa’y-harakati bilan Bobur va boburiylar, tarixiy shaxslarga bag‘ishlab xalqaro ilmiy anjumanlar,adabiy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazib kelinadi. Boshqacha aytganda, Zokirjon Mashrabov asos solgan Fondning olib borgan faoliyati davomida jahon tan olgan nodir shaxsiyat - Bobur Mirzo ruhan va ma’nan o‘z yurti - O‘zbekistonga qaytdi, uning ijodini keng va chuqur o‘rganishga yo‘l ochildi. Boburshunoslik rivojlandi.
Z.M.Mashrabov turli tarixiy sabablarga ko‘ra hoki hozirgi O‘zbekistondan tashqarida yotgan vatandoshlarimizning qabr va maqbaralarini obod qilishga beqiyos hissa qo‘shib kelmoqda (bu x-u-susda q.Bobur nomidagi xalqaro ilmiy ekspeditsiya).
Z.M.Mashrabovning ilmiy va jamoatchilik faoliyati to‘g‘risida “O‘zbekkino” DAK tomonidan “Buyuk Bobur vorislari” (2002 y., ssenariy - muallifi Q.Kenja, rejissyor – S.Nazarmuhammyedov, tasvirchi – H.Hasanov, montaj ustasi – Ye.Paderina), ATV tomonidan «Boburiylardan biri» (2013 y., ssenariy muallifi va rejissyor – M.Yusupova, tasvirchilar – S.Abdullayev, H.Jakbarov, montaj ustasi – M.Is’hoqov), O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30-yilligi munosabati bilan «Ehtirom» (2021 y., ssenariy muallifi va rejissyor – G.Olimova, tasvirchi va montaj ustasi – O.Haydarov), «O‘zbekiston» telekanali tomonidan «Ibratga yo‘g‘rilgan umr» (2021 y., ssenariy muallifi – Sh.Hayitov, rejissyor – O‘ktam G‘ulomov, tasvirchi – Shohjahon Zokirov, videomuhandis – A.Hakimjonov) kabi hujjatli filmlar suratga olingan.
Yozuvchi Qamchibek Kenja tomonidan «Boburiylardan biri» (2003 y., 2015 y., 2022 y.) nomli publitsistik asar 3 marta nashr etildi. Z.Mashrabovning 2021 y. 88 yoshga to‘lishi munosabati bilan nashr etilgan “Prof.Dr Zokirjon Mashrabovga armug‘on: Bobur izida o‘tgan bir umr” nomli kitobi Istanbulda turkiyalik professor olima Munevver Tekjan tomonidan nashrga tayyorlanib chop etilgan.
2000-2005-yillari Oliy Majlis deputati sifatida faoliyat olib bordi.
O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi (1994 y.), «El-yurt hurmati» ordeni (1998 y.), «Mehnat shuhrati» (2004 y.) ordeni, Bobur xalqaro mukofoti (2008 y.). Beruniy mukofoti (2016 y.) bilan taqdirlangan, Afg‘oniston Islom Respublikasi ta’sis etgan «Alisher Navoiy» ordeni (2016 y.), O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30-yilligi munosabati bilan «Fidokorona xizmatlari uchun» (2021 y.) ordeniga sazovor bo‘lgan.
«Turon akademiyasi» akademigi, Andijon Davlat universiteti hamda Toshkent Davlat Agrar universitetining “Faxriy professori” ilmiy unvonlari berilgan.
Zokirjon Mashrabov siyosiy yetuk arbob, u ma’naviyat va ma’rifat targ‘ibotchisi,salohiyatli ijodkordir. Mamlakatimiz ijtimoiy hayotida faol. Yuzdan ortiq adabiy-tarixiy maqolalar,jumladan: “Perspektivы obnarujeniya litologicheskix zalejey nefti i gaza Ferganskoy dolinы” (1969 y.), “Litologicheskiye zaleji nefti i gaza mezozoyskix i paleogenovыx otlojeniy yujnoy Ferganы i perspektivы ix poiskov. Avtoreferat dissertatsii na soiskaniye uchenoy stepeni kandidata geologo-mineralogicheskix nauk” (1969 y.), “Litologicheskix zaleji nefti i gaza Ferganskoy vpadinы i perspektivы ix otkrыtiya” (1971 y.), “Asrlarni bo‘ylagan Bobur” (S.Shokarimov bilan hammuallifligida 1997 y.), “Bori elga yaxshiliq qilg‘il” (2013 y.; 2020 y.), “Temuriy va Boburiylar san’ati” (A.Madraimov bilan hammuallifligida 2022 y.), “Farg‘ona vodiysi tarixiga chizgilar” (B.Matboboyev bilan hammuallifligida 2022 y.) kabi kitoblar ham muallifi.