Sinov yoʻsinida ishlamoqda

Magda Salah Maxluf

Magda Salah Maxluf

Magda Salah Maxluf Misr davlatining Ayn Shams universiteti, san’atshunoslik fakulteti professori.


Professor Maxluf 1953-yilda Qohirada tavallud topgan. 1973-yilda Ayn Shams universiteti qoshidagi Sharq tillari va adabiyoti tasarrufidagi Turk tili va adabiyoti bo‘limida turk tili va adabiyoti mutaxassisligi bo‘yicha tahsil olgan. U 1983-yilda “Usmoniylar tarixi va turk tili” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini yoqlab, 2001-yildan buyon o‘sha universitetda professor sifatida faoliyat olib bormoqda. 2009-yildan boshlab, Sharq tillari kafedrasi mudiri, 2012-yildan boshlab Ayn Shams universitetidagi tadqiqot, maslahat va o‘qitish markazi direktori lavozimlarida ishlab kelmoqda.


Olima Qohira, Istanbul, O‘zbekiston, Tatariston, Iordaniya va Saudiya Arabistonida o‘tkazilgan bir qancha xalqaro konferentsiyalarda qatnashish bilan birga qator ilmiy loyihalar ishtirokchisi hamdir. Professor Maxluf tadqiqotlarining diqqat markazi islom kirib kelgandan keyingi turkiy xalqlar, ayniqsa, Markaziy Osiyo mamlakatlarida istiqomat qiluvchi turkiylar, shuningdek, Usmoniylar tarixi va taraqqiyoti masalalariga qaratilgan. Olima ko‘plab misrlik aspirantlarning dissertatsiyalariga ilmiy rahbarlik qilish barobarida ko‘plab seminarlarda hamda Misr va Turkiya ommaviy axborot vositalari orqali namoyish etilgan jamoat dasturlarida Turk sivilizatsiyasi bilan bog‘liq masalalarni tushuntirishda o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda.


Professor Maxluf, shuningdek, arab adabiyotida Zahiruddin Muhammad Boburni tanishtirish orqali o‘zining ilk arabcha tadqiqoti bilan ulkan hissa qo‘shdi, chunki u Bobur nomi bilan tanilgan Bobur xotirotlari jamlangan “Boburnoma” asarining ilk arab tiliga to‘liq tarjimasini amalga oshirdi.

Olimning Ilmiy ishlari