Sinov yoʻsinida ishlamoqda

Vahob Rаhmonov

Vahob Rаhmonov

Vahob Rаhmonov (1940-yilda tug‘ilgan., Tojikiston Respublikasi So‘g‘d viloyatining Yova qishlog‘i) – falsafa fanlari nomzodi. Xo‘jand pedagogika institutining tarix-filologiya fakultetida tahsil olgan (1958–63-yillar). Samarqand davlat universiteti aspiranti. “Guliston” asarining o‘zbek tilidagi tarjimalari mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini yoqlagan (1968 -yil). 1968–76-yillarda Xo‘jand pedagogika instituti dotsenti. 1977–1986-yillarda O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot institutining katta ilmiy xodimi, 1986–2005-yillarda Guliston davlat universiteti dotsenti.


V. Rahmonov mumtoz o‘zbek adabiyotining ko‘plab namunalari nashrida tarjimon, mas’ul muharrir, nashrga tayyorlovchi sifatida ishtirok etgan. Jumladan, Muhammad Haydar Mirzoning «Tarixi Rashidiy» asarini o‘zbek tiliga Ya.Egamova bilan tarjima qilgan (2010 -yil). «Boburnoma» (2008 -yil) va «Ta’rixi Rashidiy» («Sharq», 2016) asalarining rus tiliga tarjimasini qayta nashrga tayyorlagan, Bobur devonini «G‘aribing andijoniydur» nomi bilan nashr etgan (2008 -yil).


«Boburnoma»ning hozirgi o‘zbek tilidagi tabdilini (K. Mullaxo‘jaeva bilan birga) tayyorlagan. Boburning «Risolai musiqiy» asari  haqida ma’lumot bergan Mo‘jiziyning «Tavorixi musiqiyun» asarini nashrga tayyorlagan va tabdil etgan («Mumtoz so‘z», 2010). «Bobur ensiklopediyasi»ning birinchi nashrini tayyorlashda faol ishtirok etgan. Bobur xalqaro mukofoti bilan taqdirlangan (2008 -yil).


I. ADABIYOTSHUNOS SIFATIDA:    


1.   1972-yilda Xo‘jandda “She’r san’atlari” (180 bet) qo‘llanmasi chop etilgan.

So‘ngra hammualliflikda:

2.   Badiiy san’atlar (1995).

3.   She’r san’atlari (1997).

4.   Badiiy san’at jozibasi (2000).

5.   Badiiy san’atlar (2014)

6.   She’r san’atlari (“Yozuvchi”, 2001, 70 bet).

7.   She’r san’atlari (“Sharq, 2019, 248 bet) nashr etilgan.


II. NАVOIYSHUNOS SIFATIDA:

1.   Hamkorlikda А.Navoiy “Layli va Majnun” dostonini hozirgi o‘zbek tiliga tabdil etgan (1976, 1991, 2006, 2009, 2019).

2.   Hamkorlikda А.Navoiy “Lisonut-tayr” dostonini hozirgi o‘zbek tiliga tabdil etgan (2019, 2020).

3.   А.Navoiyning “Muhokamatul-lug‘atayn” asarini nashrga tayyorlagan va hozirgi o‘zbek tiliga tabdil etgan (2014, 20000 nusxada).

4.   А.Navoiyning quyidagi dostonlarini ilmiy-tanqidiy matnlardan, arab yozuvidan kirill va lotin yozuvlarida nashrga tayyorlagan:

“Lisonut-tayr” (1991, 2006, 2009, 2018).

“Hayratul abror” (2006, 2009, 2014, 2018, 2020).

“Farhod va Shirin” (2006, 2009, 2014, 2018, 2020).

“Layli va Majnun” (2006, 2009, 2014, 2018, 2020).

“Sab’ai sayyor” (2006, 2009, 20014, 2018, 2020).

5. “Saddi Iskandariy” (2006, 2009, 2014, 2018, 2020).


6.  “Mumtoz so‘z sehri” (2015, 438 bet) kitobining uchdan bir qismi Navoiy haqida tadqiqotlar va yana 150 beti Navoiy asarlari matnshunosligiga doir.


7.  “Mumtoz so‘z bahsi” (“Аdabiyot”, 2022) kitobining asosiy qismi Navoiy asarlari matnshunosligi xususidadir.


III. BOBURSHUNOS SIFATIDA:

1.   N.Hotamov bilan hamkorlikda Bobur “Tanlangan asarlar”ini nashrga tayyorlagan (1976, 1983 “O‘qituvchi”).

2.   K.Mullaxo‘jaeva bilan hamkorlikda Boburning “Boburnoma”sini hozirgi o‘zbek tiliga tabdil qilgan (2008, 2012, 2017, 2018, 2020).

3.   Boburning “G‘aribing andijoniydur” (2008) devonini nashrga tayyorlagan.

4.   “Zahiriddin Muhammad Bobur entsiklopediyasi”da (2014, 2017) 283 ta maqolasi bor.

5.   “Mumtoz so‘z sehri” kitobining (2015, 424 bet) uchdan bir qismi “boburshunoslik”dan iborat.

6.   “Mumtoz so‘z bahsi” (2022, 526 bet) kitobining bir qismi boburshunoslik matnshunosligiga bag‘ishlangan.


IV. LUG‘АTSHUNOS SIFATIDA:

1.   “O‘zbek klassik adabiyoti asarlari uchun qisqacha lug‘at” (“O‘qituvchi” 1983, 190 bet).

2.   “Mumtoz adabiyot manbalari lug‘ati” (2009, “Mumtoz so‘z”, 434 bet).

3.   “Mumtoz asarlar lug‘ati” (“Аkademnashr”, 2018, 527 bet).

4.   “Аlisher Navoiy asarlari tilining izohli lug‘ati” (1983-1985) to‘rt tomlik lug‘at tuzuvchilaridan biriman.


V. MАTNSHUNOS:

1.   “Mumtoz so‘z sehri” (2015) kitobining uchdan bir qismi matnshunoslikka bag‘ishlangan.

2.   “Mumtoz so‘z bahsi” (2022, 527 bet) monografiyasi butunlay matnshunoslik haqidadir.

3.   Matnshunoslik amaliyotida o‘n uchta mumtoz asarni ilmiy tanqidiy matnlardan, arab yozuvidan joriy yozuvlarda nashrga tayyorlagan:

1.   N.Hotamov hamkorligida Bobur “Tanlangan asarlar” (“O‘qituvchi”, 1976, 1083).

2.   Аvaz “Devon” (1976).

3.   Mashrab “Devon” (1980, K.Isroilov bilan hamkorlikda).

4.   Navoiy “Xamsa”si dostonlarini 2006- yildan boshlab 2009-, 2014-, 2018-, 2020-yillarda besh marotaba beshtadan kitob holida nashrga tayyorlab, chop ettirgan.

5.   Navoiy “Lisonut-tayr” dostonini nashrga tayyorlagan (2014).

6.   Navoiy “Muhokamatul-lug‘atayn” asarini nashrga tayyorlagan (2014).

7.   Mo‘jiziy “Tavorixi musiqiyun” (2010, “Mumtoz so‘z”).


VI. TАRJIMON SIFATIDA:

1.   Bilol Nozim she’riyatidan (1983, M.Hamroev bilan hamkorlikda).

2.   Muhammad Haydar mirzo “Tarixi Rashidiy” (Ya.Egamova bilan hamkorlikda).

3.   Navoiy “Muhokamatul-lug‘atayn”ini tabdil etdim (2010).


VII. METODIST SIFATIDA:

1.   1993-1997- yillarda professor Kattabekov bilan 8-sinf uchun “O‘zbek adabiyoti” darsligini tuzdi.

2.   Hozir amaldagi “Аdabiyot” darsliklarining 7-,8-,9-,11-sinfida mas’ul muharrir.

Olimning Ilmiy ishlari