Sinov yoʻsinida ishlamoqda

Hamidulla Hаsаnov

Hamidulla Hаsаnov

Hamidulla Hаsаnov (1919 – Toshkent– 1985) – geograf olim. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1980-yil), geografiya fanlari doktori (196 -yil), professor (1970-yil). O‘rta Osiyo davlat universitetini tugatgan (1941-yil) II jahon urushi qatnashchisi. 1954-yildan ToshDU geografiya fakulteti dotsenti, 1968–70-yillarda fakultet dekani, 1970 -yildan tabiiy geografiya kafedrasi proffessori va mudiri (1983–85-yillar). Ilmiy ishlari Sharq olimlarining geografik merosi, Markaziy Osiyo toponimiyasi, geografiya tarixi, geografiya o‘qitish metodikasiga bag‘ishlangan. Аfg‘oniston, Hindiston, Myanma, Yaponiya, АQSh, Yevropa mamlakatlariga sayohat qilgan. Bobur hayoti va uning ijodi bilan jiddiy shug‘ullangan. Boburning tabiiy fanlar, xususan, geografiya va tabiatshunoslik sohasidagi ilmiy merosini o‘rganish maqsadida Farg‘ona, Аfg‘oniston va Hindistonga ilmiy safar uyushtirgan. Farg‘ona vodiysining Bobur davridagi xaritasini tuzgan, Kobuldagi Bobur maqbarasini ziyorat qilgan.


Toshkentdagi ko‘cha va maktablardan biri H. Hasanov nomi bilan ataladi.


Asos: Bobur ensiklopediyasi. Ikkinchi nashr. Toshkent., 2017-y. 580-bet. (B. Yo‘ldoshev)

Olimning Ilmiy ishlari