Sinov yoʻsinida ishlamoqda

Saidbek Hаsаnov

Saidbek Hаsаnov

Saidbek Hаsаnov Rustamovich (1945-yilda tug‘ilgan, Yangiyo‘l) – adabiyotshunos va matnshunos, falsafa fanlari doktori (1989-yil), proffessor. (2000 -yil) ToshDUning sharq fakultetini tugatgan (1966-yil) O‘zFА Аlisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyida laborant (1968–1971-yillar), ilmiy xodim (1971–1978-yillar), direktor (1992-yildan hozirgacha), O‘zFА Qo‘lyozmalar institutida katta ilmiy xodim, so‘ng bo‘lim mudiri (1998–1992-yillar). O‘zbek adabiyoti tarixi va matnshunoslikka oid tadqiqotlar qilgan. «Boburning “Аruz” risolasi» mavzuida nomzodlik dissertatsiyasini yoqlagan (1972-yil).


Saidbek Hasanov Bobur ijodiy merosini o‘rganishga salmoqli hissa qo‘shgan. “Аruz” (1971-yil) va “Volidiyya” (1993-yil) risolalari hamda “Muxtasar” asarining (2000-yil) birinchi to‘liq nashrini amalga oshirgan. Boburning 52 ta muammosini ilk bor “Devon” tarkibida chop etgan (1982-yil). Eiji Mano nashri asosida “Boburnoma”ning ilmiy-tanqidiy matnini tuzatishlar va qo‘shimcha ilovalar bilan qayta nashrga tayyorlagan (2002-yil). Komron Mirzo devonining ilmiy-tanqidiy matnini yaratib nashr qilgan (2004-yil)


Saidbek Hasanov “Do‘stlik” ordeni sohibi (2003-yil), Bobur xalqaro mukofoti laureati (2004-yil), “Bobur entsiklopediyasi”ni nashr etishga katta hissa qo‘shgan.


Asos: Bobur ensiklopediyasi. Ikkinchi nashr. Toshkent., 2017-y. 579-580-betlar. (O.Jo‘raboyev)

Olimning Ilmiy ishlari