Sinov yoʻsinida ishlamoqda

Hasan Qudrаtullаyev

Hasan Qudrаtullаyev

Hasan Qudrаtullаyev Samadovich (1941-yilda tug‘ilgan, Samarqand shahri) – adabiyotshunos, falsafa fanlari doktori (2000-yil), proffessor (2004-yil). O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi (1996-yil). Samarqand davlat universitetining filologiya fakultetini tugatgan (1965-yil). Turli davlat tashkilotlari va oliy ta’lim tizimida ishlagan (1966–2005-yillar). Bobur xalqaro mukofoti sovrindori (2008-yil), “Аlisher Navoiy:-yozuvchi mehnati va mahorati” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini – (1983-yil), “Boburning adabiy tanqidiy qarashlari” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini yoqlagan. “Boburnoma”ni Xondamirning “Habibus-siyar” va Vosifiyning “Badoy ul-vaqoye’” asari bilan qiyoslab o‘rgangan. “Bobur entsiklopediyasi”ni nashrga tayyorlashda faol ishtirok etgan, ko‘plab maqola taqdim etgan.


Asos: Bobur ensiklopediyasi. Ikkinchi nashr. Toshkent., 2017-y. 564-bet. (Tahririyat)

Olimning Ilmiy ishlari