Sinov yoʻsinida ishlamoqda

Sodiq Mirzаyev

Sodiq Mirzаyev

Sodiq Mirzаev (1885–1961) – sharqshunos, falsafa fanlari nomzodi (1947-yil). 1939-yilgacha turli ta’lim muassasalarida dars bergan. 1939-yildan Til va adabiyot institutida, 1944-yildan O‘zbekiston FА Sharqshunoslik instituti (hozirgi ShI)da ilmiy xodim bo‘lib ishlagan. “Аrab tili grammatikasi” darsligini yozgan, Ibn Sinoning “Tib qonunlari” asarini o‘zbek tiliga tarjima qilishda ishtirok etgan, P.Shamsiev bilan hamkorlikda “Boburnoma”ni kirill alifbosida ikki jildda nashr etgan. Keyinchalik mazkur nashr qayta ishlanib, mukammallashtirilgan holda ikkinchi marta chop etilgan (Zahiriddin Muhammad Bobur. Boburnoma. T., “Fan”, 1960).


Asos: Bobur ensiklopediyasi. Ikkinchi nashr. Toshkent., 2017-y. 308-bet. (Q.Ergashev)

Olimning Ilmiy ishlari