Sinov yoʻsinida ishlamoqda

Ismoil Bekjonov

Ismoil Bekjonov

Ismoil Bekjonov (1951-yilda tug‘ilgan, Hazorasp) – sharqshunos, tarjimon, falsafa fanlari nomzodi (1994-yil), “Muzakkiri ahbob”, “Nusxayi zeboyi Jahongir”, “Tazkiratush-shuaro”, “Musaxxir al-bilod” (so‘nggi asar D. Sangirova bilan birga) asarlarini forschadan o‘zbek tiliga tarjima qilgan. “Habibus-siyar” asarining Bobur hayoti va faoliyatiga doir boblarini forschadan o‘zbek tiliga tarjima qilib, (“Buyuklik xislati” nomi bilan) nashr ettirgan. So‘ng asarning kengaytirilgan tarjimasi (Аmir Temur tavalludidan boshlangan qismi)ni nashr ettirdi. (G‘iyosiddin ibn Humomiddin Xondamir. Habibus-siyar fi axbori afrodi bashar. T., “O‘zbekiston”; 2013; J.Hazratqulov bilan birgalikda). Bobur ijodini targ‘ib etuvchi publitsistik va ilmiy-ommabop maqolalar muallifi.


Asos: Bobur ensiklopediyasi. Ikkinchi nashr. Toshkent., 2017-y. 81-bet. (Tahririyat)

Olimning Ilmiy ishlari