Sinov yoʻsinida ishlamoqda
Rustamxo‘jayev Shokirxon Shodmonxo‘ja o‘g‘li. 1942-yil Andijonda tug‘ilgan. 1959-yil Andijondagi 15-o‘rta maktabni tamomlagan. Mehnat faoliyatini 1959-62-yillarda savdo tashkilotida sotuvchi sifatida boshlab, 1962-65 – Sovet armiyasida harbiy xizmatni ado etgan. 1965-71 – ToshDU Sharq fak-ti (hozirgi ToshDSHI) arab bo‘limini imtiyozli diplom b-n tamomlagan. 1971-2001 Andijon sh. o‘rta maktablari va pedinstitutda arab va fors tillaridan dars bergan. Bir qator arab mamlakatlarida [Misr (1969-70), Iroq (1973-75), Yaman (1978-80)] tarjimon bo‘lib ishlagan. O‘zbekiston mustaqillikni qo‘lga kiritganidan so‘ng Rossiya Federatsiyasi, XXR, Turkiya, Suriya, Iordaniya, BAA, Bahrayn, Saudiya Arabistoni kabi mamlakatlariga safar qilgan. 2002 yildan nafaqada. U 20 dan ziyod ilmiy maqola va bir necha asarlar muallifi. Chunonchi: Abu Isom Nuriddin Buxoriyning “Islomda meros” risolasining o‘zbekchaga tarjimasi 2003 va 2005 y.da Makkai mukarramada 10 ming nusxadan nashr etilgan. Prof. S. Hasanov bilan hamkorlikda “Boburnoma”dagi arabiy iqtiboslar tahlili” va “Boburshohning ikki farmoni” (Toshkent, 2010) risolalari nashrdan chiqdi. “Jahon madaniyati va Bobur” muzeyidagi adabiyotlar bibliografiyasi (Toshkent, 2011; 2-nashri – Toshkent, 2012); Rus tilida "Analiz arabizmov v "Baburname" – (Toshkent, 2011) nashr bo‘ldi. Uning “Bobur ziyosi” nomli maqolalar to‘plami va O‘zR FA Asosiy kutubxonasining mudirasi Z. Sh. Berdiyeva bilan hamkorlikda hozirlangan “Bobur va Boburiylar bibliografiyasi” kitobi 2014 yili Andijonda nashr etildi. 2016 yilda “Zahiriddin Muhammad Bobur. Boburiylar. Bibliografiya” nomli bibliografik ma’lumotnomasi (Moskva, Sharq nashriyoti)da bosmadan chiqdi.