Sinov yoʻsinida ishlamoqda
Suloymonov Isroiljon Isomiddinovich (1981-yil Samarqand viloyatining Urgut tumani) - Sharof Rashidov nomidagi Samarqand Davlat universiteti Mumtoz adabiyot tarixi kafedrasi mudiri, filologiya fanlari doktori, dotsent.
U 2003-yilda Samarqand davlat universiteti o‘zbek filologiyasi fakulteti bakalavriatini, 2005-yilda magistraturasini, 2008-yilda universitet aspiranturasini va 2017 yilda universitet doktoranturasini bitirgan.
2010-yilda Аlisher Navoiy nomidagi Samarqand davlat universitetida nomzodlik dissertatsiyasini, 2020-yilda “Boburnoma”da g‘olib va mag‘lub shaxs ruhiy holatining badiiy tasviri” mavzusida doktorlik (DSc) dissertatsiyasini himoya qilgan.
2008-yildan buyon SamDUda o‘zbek adabiyoti tarixi kafedrasida o‘qituvchi, katta o‘qituvchi, dotsent, 2020-yildan kafedra mudiri lavozimlarida ishlab kelmoqda.
Uning “Qoriy Xo‘qandiy adabiy merosi” (2014), “G‘oliblik sururi, mag‘lublik iztiroblari” (2019) nomli ikki monografiyasi, 3 ta o‘quv qo‘llanmasi, 1 ta o‘quv-uslubiy qo‘llanmasi va 90 dan ortiq ilmiy maqolalari respublika va xorijiy nashrlarda e’lon qilingan.