Sinov yoʻsinida ishlamoqda

Zahiriddin Muhammad Bobur MASNU’ SHE’RLARi

MASNU’ SHE’RLAR

Tishing – dur, labing – marjon ...

Tishing – dur, labing – marjon,

Xading – gul, xating – rayhon,

Yuzung – xur, soching – anbar,

so‘zing – mul, menging –Mo‘lton,

To‘liq holini o‘qish
Tafoxur ko‘zum, ko‘nglum qilurlar, magar, bordur ...

Tafoxur ko‘zum, ko‘nglum qilurlar, magar, bordur,

Ko‘zunga ko‘ngul vola, yuzunga ko‘zum hayron.

Hayron ko‘zum yuzunga, vola ko‘ngul ko‘zunga,

Bordur, magar, qilurlar ko‘nglum, ko‘zum tafoxur.

To‘liq holini o‘qish
Tafakkur necha qilsam, topilmas sening misling ...

Tafakkur necha qilsam, topilmas sening misling,

Paridek seni ko‘rdum – emassen magar inson.

Inson, magar emassen, ko‘rdum seni paridek,

Misling sening topilmas, qilsam necha tafakkur.

To‘liq holini o‘qish
Balodur manga hajring, davodur manga vasling,

Balodur manga hajring, davodur manga vasling,

Itobing – manga ofat, hadising – manga darmon.

Darmon manga – hadising, ofat manga – itobing,

Vasling manga davodur, hajring manga balodur.

To‘liq holini o‘qish